NAMOZ KITOBI
Vojib bo‘lishining shartlari
Kishiga namoz o‘qish farz bo‘lishining uchta sharti bor:
- Islom,
- Balog‘at,
- Aql.
Lekin yetti yoshga to‘lgan bolalar namoz o‘qishga buyuriladi. O’n yoshga to‘lganida ham namoz o‘qimasa, o‘rgatish maqsadida faqatgina qo‘l bilan uriladi, tayoq bilan urilmaydi.
Namoz lug‘atda duo degan manoni anglatadi. Shariatda esa boshlanishi iftitoh takbiri, oxiri salom bo‘lgan maxsus harakat va lafzlardan iborat ibodatdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hijratlaridan bir yarim yil avval, Meroj kechasida farz qilingan.
Azon va takbirning hukmlari.
Muqimliqda va safarda bo‘lsin, xoh yolg‘iz, xoh jamoat bo‘lib farz namozlarini o‘z vaqtida yoki qazosini o‘qish oldidan erkaklarning azon va takbir aytishlari sunnati muakkadadir. Ayollarga esa makruhdir
1.4